28-sentabr kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Chexiya Respublikasining yangi tayinlangan elchisi Yaroslav Sironi qabul qildi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Elchi ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi.
Suhbat chog‘ida qayd etilganidek, davlatlararo aloqalarni chuqurlashtirish istiqbollari va xalqaro masalalar bo‘yicha ikki davlatning yaqin va o‘xshash qarashlari va pozitsiyalari mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikning ishonchli asosi hisoblanadi.
Muloqot davomida O‘zbekiston–Chexiya hamkorligi ikki tomon o‘rtasida o‘rnatilgan do‘stlik va konstruktiv munosabatlar an’analariga hamda 30 dan ortiq hujjatlardan tashkil topgan shartnomaviy-huquqiy asosga tayangan holda izchil rivojlanayotgani ta’kidlandi.
Uchrashuvda turli darajalardagi aloqalarni faollashtirish masalalari hamda ikki va ko‘p tomonlama, jumladan O‘zbekiston–Yevroittifoq muloqoti shakllardagi munosabatlarni rivojlantirish yuzasidan fikr almashildi.
Izoh (0)