Aholini fuqarolarning ijtimoiy va mehnat huquqlaridan hamda majburiy mehnatga, shuningdek, bolalar mehnatiga yo‘lga qo‘ymaslik borasida Xalqaro mehnat tashkiloti konvensiyalari holatlaridan boxabar qilish maqsadida O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi qoshidagi bolalar mehnati bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan tomonidan chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Bu haqda UzDaily xabar berdi.
Ushbu yo‘nalishda olib borilayotgan keng miqyosli kampaniya doirasida tegishli vazirlik va idoralarning mansabdor shaxslarini o‘qitish maqsadida metodologik materiallar va slaydlar yaratildi.
Bundan tashqari, federatsiya yuridik klinikasi negizida joriy etilgan teskari aloqa mexanizmi ishlamoqda. Ayni paytda u Call-Center shaklida bo‘lib, u yerga fuqarolar paxta yig‘im-terimi va mehnat munosabatlari bilan bog‘liq har qanday masalada murojaat qilishi mumkin.
Mobil operatorlar bilan hamkorlikda SMS-xabarlar yo‘llash va ishonch telefonlari xizmatlari yo‘lga qo‘yildi.
Butun respublika bo‘ylab bolalar mehnatiga va majburiy mehnatga yo‘l qo‘ymaslik haqidagi bannerlar va posterlar joylashtirib chiqildi.
“Agar huquqlaringiz poymol etilsa, 1092 raqami bo‘yicha ishonch telefoniga qo‘ng‘iroq qiling”, — deyiladi federatsiya xabarnomasida.
Izoh (0)