Moskva jahonning eng yirik moliyaviy markazlari reytingida 84-qatorga tushib ketdi, ya’ni birdaniga 17 punktni yo‘qotdi. Bu haqda, yarim yilda bir marta Global Financial Centres Index (GFCI) indeksini hisoblab chiqaradigan Z/Yen Group konsalting kompaniyasi ma’lumotlariga asoslanib, “Vedomosti” xabar bermoqda.
Ushbu reytingda Sankt-Peterburg 85-o‘rinni qayd qildi.
Varshava 45-o‘rin bilan Sharqiy Yevropaning yetakchi moliyaviy markazi deb tan olindi. Yarim yil muqaddam ilk bora reytingga kiritilgan va 71-o‘ringa qo‘yilgan Riga 19 pozitsiyaga ko‘tarildi 52-natijani qayd qildi, Tallin esa 28 qatorga o‘sib, 50-pog‘onaga munosib ko‘rildi.
London indeksning cho‘qqisidagi o‘rnini saqlab qoldi. Undan keyingi o‘rinlarni Nyu-York va Singapur egalladi. Beshlikka, shuningdek, Gonkong va Tokio kirdi.