AQSh harbiy-havo kuchlarining RC-135W strategik razvedkachi samolyoti 26-sentabr kuni Qrim sohillariga yaqin hududda parvoz amalga oshirdi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Harbiy aviatsiya harakatini kuzatuvchi saytlar keltirgan ma’lumotlarga qaraganda, 64-4135 bort raqamiga ega radiotexnika razvedkasi samolyoti Krit orolidagi Suda-bey aviabazasidan uchib chiqib, Qora dengizda vazifa bajargan.
Shu kunning o‘zida, ertalabki soatlarda Qrim yaqinidan AQSh harbiy-dengiz kuchlarining 168858 bort raqamiga ega P-8A Poseidon qayiqlarga qarshi patrul samolyoti uchib o‘tgandi.
22–24-sentabr kunlari AQShning beshta harbiy samolyoti Qora dengizda razvedka ishlarini amalga oshirgan edi.