AQShning Merilend shtati Baltimor shahrida noma’lum shaxs zo‘ravonlikka qarshi namoyish ishtirokchilarini o‘qqa tutishi oqibatida jarohat olganlar soni sakkiz kishiga yetdi. Bu haqda, CBS News’ga tayanib, “RBK” xabar bermoqda.
Avvalroq otishma oqibatida jarohat olganlar soni besh kishiga yetgani xabar qilingandi. Jabrlanganlar hayoti xavf ostida emasligini Merilend shtati shtati politsiyasi matbuot kotibi Ti Jey Smit ma’lum qildi. Fox News’ning ta’kidlashicha, jarohatlanganlar orasida ota va uning 3 yoshli qizi ham bo‘lgan.
Namoyishda taxminan 20–30 kishi qatnashgan. O‘q uzishdan ko‘zlangan maqsad ham, gumonlanuvchilar ham aniqlanganicha yo‘q.
Ta’kidlash kerakki, Namoyish 10-iyul, yakshanba kuni Baltimorda 24 yoshli mahalliy qora tanli fuqaro o‘ldirilishi munosabati bilan o‘tkazildi. Uni marhumning qarindosh va yaqinlari uyushtirdi.
Izoh (0)