Qo‘shma Shtatlar, Buyuk Britaniya va Fransiya Suriyadagi vaziyat bo‘yicha BMT Xavfsizlik Kengashining navbatdan tashqari majlisini chaqirdi. Bu haqda, diplomatlarga tayanib, Reuters agentligi ma’lum qildi, deb yozadi “RBK”.
Ma’lum qilinishicha, BMT Xavfsizlik kengashining majlisi 25-sentabr, yakshanba kuni 15:00 GMT (Toshkent vaqti bo‘yicha 20:00) da boshlanadi. Unda Aleppodagi vaziyatning keskinlashuvi muhokama etiladi.
24-sentabr, shanba kuni kechki payt Yevropa diplomatiyasi rahbari Federika Mogerini va ijtimoiy masalalar bo‘yicha Yevropa komissiyasi a’zosi Xristos Stilianides qo‘shma bayonot bilan chiqish qilib, Aleppodagi vaziyatning keskinlashuvi bo‘yicha xavotirda ekanligini ma’lum qildi.
Izoh (0)