23-sentabr kuni Nyu-York shahrida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Islom hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Iyad Amin Madani bilan uchrashdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Muloqotda Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar tashqi siyosat idoralari rahbarlarining Muvofiqlashtiruvchi uchrashuvi yakunlari hamda IHT va BMT institutlari o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuvda 2016-yilning oktabr oyida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan IHT Tashqi ishlar vazirlari kengashining 43-sessiyasiga tayyorgarlik ko‘rish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.