Karlush Keyrush murabbiylik qilayotgan Eron milliy terma jamoasining 22-sentabrdan e’tiboran yig‘in boshlagani haqida “Championat.asia” sayti xabar berdi.
6-oktabr kuni Toshkentda O‘zbekistonga qarshi JCh—2018 3-saralash bosqichini o‘tkazadigan Eron termasi yig‘inida ichki chempionatda to‘p suradigan futbolchilar bo‘lib turibdi. Forslarning horijda to‘p tepayotgan legionerlari portugaliyalik mutaxassis ixtiyoriga 3-oktabr sanasida yetib keladi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston termasi JCh—2018 3-saralash bosqichining dastlabki ikki turidan keyin yuz foizlik natija bilan guruh peshqadami bo‘lsa, eronliklar hisobida 4 ochko bor.
Izoh (0)