Birlashgan Arab Amirliklarida ommabop hisoblangan Careem taksi buyurtma qilish servisi o‘zining yangi reklama roligi bilan ko‘pchilikning e’tiborini jalb qila oldi, deb xabar bermoqda UAE Inside.
Videorolik internetda besh kun ichida bir necha yuz ming marta ko‘rildi. Qisqa reklama roligida ekstremal sportchi ulkan katapulta yordamida Shayx Zayd shoh ko‘chasi ustidan erkin parvoz uchun uloqtiriladi.
Reklama syujetiga ko‘ra, ekstremal parvoz yakunida xavfsizlik to‘riga borib tushishi kerak edi, biroq u to‘r yonidan o‘tib ketadi.
Muhandislar jamoasi sarosimada yugura boshlaganda video uzilib qoladi. Rolikning davomini quyidagi videoda ko‘rishingiz mumkin.
Izoh (0)