Qozog‘istonning Olmaota shahrida 23-sentabrga o‘tar kechasi yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Shaharning Risqulov shoh ko‘chasida BMW rusumli mashinaning bosib kelishi natijasida yuz bergan avariya oqibatida ikki ayol va ikki erkak hodisa joyining o‘zida halok bo‘lgan.
Piyodalardan biri BMW’ning zarbasi natijasida ko‘chaning qarama-qarshi qismiga uchib ketgan va Lexus avtomobili g‘ildiraklari ostida qolgan. Voqea joyidan yashiringan Lexus haydovchisi keyinroq qo‘lga olingan.
BMW haydovchisi Olmaota Ichki ishlar departamentining vaqtincha saqlash izolyatorida bo‘lib turibdi. Lexus haydovchisining aybdorlik darajasi esa sud oldidan o‘tkaziladigan ekspertizalardan so‘ng aniqlanadi.
Izoh (0)