Turkiyada hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasi rais o‘rinbosari Mehdi Ekerga nisbatan suiqasd uyushtirishga tayyorgarlikda gumonlangan 13 kishi qo‘lga olindi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, suiqasd tashkilotchilari Ekerning qarindoshlari dafn etilgan qabristonga 640 kilogramm portlovchi moddani joylashtirgan.
Gumonlanuvchilar o‘tgan hafta — rejalashtirilgan suiqasddan bir kun avval hibsga olindi.
Taxminlarga ko‘ra, suiqasd tashkilotchilari Eker Qurbon Hayiti munosabati bilan qarindoshlarining qabrlarini ziyorat qilish uchun kelishidan foydalanmoqchi bo‘lgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)