Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Sherzod Kudbiyev Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumaniga hokim etib tayinlandi. Bu haqda shahar hokimligi saytida axborot berilgan.

Sherzod Kudbiyev.

Sherzod Kudbiyev.
Foto: “Mehnat.uz”

Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligi sayti axborotiga ko‘ra, Sherzod Kudbiyev (1981-yil Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan) Farg‘ona politexnika institutida assistent, katta o‘qituvchi (2002—2007-yillarda), O‘zbekiston Mehnat vazirligi tuzilmalarida mutaxassis, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari (2007—2010), O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi tuzilmalarida mutaxassis (2010—2012) sifatida mehnat qilgan.

2012—2015-yillarda Sherzod Kudbiyev Respublika aholi bandligi, mehnatni muhofaza qilish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish ilmiy markaziga direktorlik qilgan. Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi etib tayinlanguniga qadar, Kudbiyev Vazirlar Mahkamasida departament mudiri o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Kudbiyev Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi lavozimida Shomansur Ahmedovni almashtirdi. Ahmedov 18-sentabr kuni O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev ishtirokidagi yig‘ilishda o‘z lavozimidan ozod etilgan edi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiya va Suriyadagi zilzilada halok bo‘lganlar soni 9 mingdan oshdi
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Toshkent yerusti metrosining qurilish ishlari bilan tanishdi 
Mahalliy
Mudofaa vazirligida qator tayinlovlar amalga oshirildi