Rossiyaning Oltoy o‘lkasi Rubsovsk shahrida talabalar o‘rtasidagi futbol bo‘yicha shahar musobaqasida 18 yoshli o‘yinchi yashin urishi oqibatida halok bo‘ldi, deya xabar bermoqda “Interfaks”.
Noxush hodisa 21-sentabr, chorshanba kuni sodir bo‘ldi. Xabar berishlaricha, yashin metall darvozaga borib urilgan.
Bundan tashqari, tabiiy ofat natijasida to‘rt talabani tok urgan, yana uch kishi, jumladan, voyaga yetmagan bir bola shifoxonaga yetkazilgan.
Izoh (0)