O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 21-sentabr kuni diniy erkinlik sohasida AQShning alohida topshiriqlar bo‘yicha elchisi Devid Sapershteyn bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, muloqot chog‘ida diniy erkinlikni ta’minlash sohasidagi hamkorlikka doir masalalar yuzasidan fikr almashildi.“Uchrashuvda tomonlar konstruktiv va o‘zaro hamjihatlik ruhida muloqotni davom ettirishga tayyor ekanliklarini ta’kidladilar”, — deyiladi TIV axborotida.
Ma’lumot uchun, Abdulaziz Komilov BMT Bosh Assambleyasining 71-sessiyasi ishida ishtirok etish uchun AQShning Nyu-York shahrida tashrif bilan bo‘lib turibdi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)