Kanadada avtobus piyodalarni urib ketdi, 1 nafar qurbon bor

Kanadaning Alberta provinsiyasida turistik haydovchi avtobusni olomon ustiga haydashi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, bir necha kishi jarohatlandi. Bu haqda, CBC telekanaliga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.

Banff milliy bog‘i. Foto: The Star

Banff milliy bog‘i. Foto: The Star

Voqea Banff bog‘idagi Kasl-Mauntin degan joy yaqinida ro‘y berdi. Jarohat olganlarning aniq soni keltirilmayapti. Ularni shifoxonaga yetkazish uchun vertolyot chaqirildi.

Avtobus ichida bo‘lgan turistlar jarohat olmadi.

↓ KEYINGI XABAR ↓
Boshiga chiqing