BMTning Suriyadagi gumanitar operatsiyalari oxirgi kunlarda uzluksiz o‘tkazilmoqda, faqat ayrim qamal ostidagi yoki borish qiyin bo‘lgan tumanlarga yordam yuklari ortilgan konvoylarni yo‘llash ishi to‘xtab qoldi. Bu haqda Jenevada BMTning gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi vakillari ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
“BMTning turli agentlariga qarashli konvoylarning ayrim qamal ostidagi yoki borish qiyin tumanlarga harakati dushanba kuni Urem al-Kubro shahri yaqinida konvoyga uyushtirilgan hujumdan so‘ng vaqtinchalik to‘xtab qoldi”, — dedi boshqarmaning rasmiy vakili Yens Larke.
Uning ta’kidlashicha, “mamlakatda, umuman olganda, oxirgi kunlarda gumanitar operatsiyalar uzluksiz o‘tkazilmoqda”.
Yordam Damashqdagi muhtojlarga ham ko‘rsatilmoqda.
Avvalroq Suriyaning Aleppo viloyatiga yuborilgan BMT gumanitar konvoyi hujumga uchraganligi haqida ma’lum qilingan edi.
AQSh Rossiya samolyoti hujumda aybdor bo‘lishi mumkinligini aytgan, ammo Rossiya vakillari buni inkor qilgan edi.
Izoh (0)