“Bavariya” klubining polshalik hujumchisi Robert Levandovski myunxenliklar bilan yangi shartnoma imzolasa, Germaniya chempionatining eng ko‘p maosh oladigan futbolchisiga aylanadi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Xabarda qayd etilishicha, Levandovskining yangi shartnoma bo‘yicha yillik maoshi 15 million yevrodan ko‘proq bo‘lishi mumkin. “Bavariya”ning boshqa hujumchisi Tomas Myuller aynan shuncha miqdorda maosh oladi.
28 yoshli polshalik hujumchining myunxenliklar bilan amaldagi shartnomasi 2019-yilgacha mo‘ljallangan. “Bavariya” rahbariyati esa kelishuvni 2021-yilgacha uzaytirmoqchi.
Ma’lumot uchun, 2015/16-yilgi mavsumda Levandovski Bundesliganing 32 o‘yinida 30 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Joriy mavsumda esa polshalik futbolchi mamlakat chempionatining dastlabki 4 o‘yinida 6 ta gol urdi.
Izoh (0)