Pentagon AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya droni Aleppo yaqinida BMT gumanitar konvoyiga hujum uyushtirilgan zona ustida bo‘lmaganini ma’lum qildi. Bu haqda AQSh mudofaa vazirligi rasmiy vakili, harbiy-dengiz floti kapitani Jeff Devis bayonot berdi, deb yozadi “TASS”.
“Biz shuni tasdiqlashimiz mumkinki, uchar apparatlarimizning birortasi — xoh uchuvchilik, xoh masofadan boshqariladigan, xoh Amerikaga, xoh koalitsiyaga tegishli bo‘lsin — Aleppoda, konvoy o‘qqa tutilgan zonada emas edi”, — dedi u jurnalistlarning bu masaladagi savoliga javoban.
Avvalroq Suriyaning Aleppo viloyatiga yuborilgan BMT gumanitar konvoyi hujumga uchraganligi haqida ma’lum qilingan edi.
AQSh Rossiya samolyoti hujumda aybdor bo‘lishi mumkinligini aytgan, ammo Rossiya vakillari buni inkor qilgan edi.
Izoh (0)