Yaponiyaning janubi-g‘arbiy va markaziy qismiga yopirilgan “Malakas” to‘foni oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi, 40 nafarga yaqini turli darajadagi jarohatlar oldi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Xabarda qayd etilishicha, kuchli yog‘ingarchilik natijasida yuzaga kelgan sel va ko‘chkilar oqibatida mamlakatning 47 prefekturasidan 20 tasiga zarar yetkazildi.
Yuzga yaqin uy-joylar butunlay yoki qisman vayron bo‘ldi. Kagosima prefekturasida avtomobil yo‘liga ham zarar yetdi.
20-sentabr, seshanba kuni noqulay ob-havo transport ishinining buzilishiga olib keldi. 200 dan ortiq aviareyslar bekor qilindi yoki kechiktirildi. Poyezd uzilishlar bilan harakatlandi.
21-sentabr, chorshanba kuni holat yaxshilanadi. To‘fon deyarli yo‘qolib, kichik bosim doirasiga aylandi. Shunga qaramay, dengizda kuchli to‘lqinlanish saqlanib qolmoqda va mamlakatning ba’zi hududlarida rasmiylar parom harakatini yo‘lga qo‘ymadi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)