Xitoyning markaziy qismida joylashgan Xunan viloyatidagi parrandachilik fabrikasida yuz bergan portlash oqibatida kamida olti kishi halok bo‘ldi. Bu haqda, “Sinxua” agentligiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Mahalliy ma’muriyat vakillarining ma’lum qilishicha, portlash 20-sentabr, seshanba kuni sodir bo‘lgan.Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, portlashga fabrika hududida saqlanayotgan va pirotexnika vositalarini ishlab chiqarishda foydalaniladigan moddalar sabab bo‘lgan.
Izoh (0)