22-sentabr kuni Xitoy janubidagi Guandun provinsiyasining Shenchjen shahrida birinchi milliy gen banki o‘z ishini boshlaydi. Bu haqda, “Xuansyu shibao” gazetasiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Hozircha markaz 47,5 ming kvadrat metr maydonni egallaydi. Bu yerda genetik ma’lumotlar bazasi va biologik namunalar ombori joylashgan.
Mutaxassislar kelajakda gen bankini kengaytirish va omborlar sig‘imini oshirish niyatida.
“Biz Xitoydagi va butun dunyodagi eng yirik bioma’lumotlar bazasiga aylanishni, jonli tabiatga oid ma’lumotlarni qayta ishlash sohasida Google muqobilini yaratishni istaymiz”, — dedi “Xuada” genomika instituti direktori Syuy Syun.
Hozirgi paytda Shenchjen gen bankida 10 million biomaterial namunalari bor, u 60 petabayt ma’lumot saqlashga qodir. Bu ko‘rsatkichni 500 petabaytga yetkazish rejalashtirilmoqda.
Izoh (0)