Mintaqaviy xokkey ligasi (KXL)ning “Avtomobilist” va “SKA” jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda to‘polon qilib, hibsga olingan shaxs politsiyachilardan birining oyog‘ini tishlab oldi. Bu haqda “Chempionat” xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, tartibbuzar asli futbol hakami bo‘lgan.“Avvaliga erkak to‘polon qilgani va adekvat holatda bo‘lmagani uchun ‘Uralets’ madaniyat-hordiq chiqarish markazi xodimlari tomonidan qo‘lga olinib, politsiyaga topshirildi. Unga nisbatan ma’muriy hujjat to‘ldirilayotgan vaqtda uchrashuv boshlangani va u o‘yinga kira olmayotgani uchun jahli chiqib, o‘z vazifasini bajarayotgan Yekaterinburg bo‘yicha IIV boshqarmasi xodimiga hujum qildi va uning oyog‘idan tishlab oldi. Tartibbuzarga nisbatan ‘Mayda bezorilik’ moddasi bo‘yicha ma’muriy bayonnoma tuzildi”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)