Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQSh prezidenti Barak Obama BMT Bosh Assambleyasi 71-sessiyasi ochilishi doirasida chiqish qildi. Bu Obamaning shunday tadbirdagi Amerika yetakchisi sifatida so‘nggi nutqidir, deya xabar beradi “RBK”.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

O‘zi rahbarlik qilgan ma’muriyat faoliyati yakunlarini tahlil etar ekan, Obama birinchi galda so‘nggi yillarda tashqi siyosatda erishilgan muvaffaqiyatlarga to‘xtalib o‘tdi. Xususan, Kuba va Myanma bilan munosabatlarning yaxshilanishi, Eron bilan yadro kelishuviga erishilganini shunday yutuqlar qatoriga kiritdi.

Obamaga ko‘ra, AQSh o‘zga davlatlar ishiga aralashmasligi, mamlakatning o‘zida boshqalar o‘rnak oladigan o‘zgarishlarni shakllantirib borishi lozim. Rossiya esa bu borada boshqacha yondashuvni qo‘llamoqda.

“Imperiyalar davri allaqachon o‘tib ketgan bugungi dunyoda Rossiya o‘zining shon-shuhratini zo‘ravonlik yo‘li bilan tiklashga harakat qilayotganini ko‘rib turibmiz. Ayrim yirik davlatlar xalqaro huquqni buzishni o‘ziga ep ko‘rayotgani dunyo diplomatiyasi mukammal emasligi alomatlaridan biridir”, — deya ta’kidladi AQSh prezidenti.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Chegara masalasining yakuniy hal etilishi Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlashga xizmat qiladi” —  Sadir Japarov 
Dunyo
“Bizga hayvonlardan yomonroq munosabatda bo‘lishadi” — Afg‘onistonlik qiz “Tolibon”ning cheklovlari haqida (video)