Gretsiya sudi muvaffaqiyatsiz yakunlangan harbiy to‘ntarishdan so‘ng Turkiyadan ushbu mamlakatga qochib kelgan harbiy xizmatchilarga boshpana taqdim etmaslikka qaror qildi. Bu haqda, Sabah nashriga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Aytilishicha, Gretsiya rasmiylari hozircha sakkiz siyosiy qochqinning uch nafari kiritgan murojaatga rad javobini berdi.
15-iyul kuni muvaffaqiyatsiz yakunlangan harbiy to‘ntarishdan so‘ng harbiylar vertolyotda Gretsiya chegarasini buzib o‘tib, Aleksandrupolis shahrida qo‘ngan edi. Ular chegarani buzganlik uchun ikki oyga hibsga olingan edi. Shuningdek, sud ularning murojaatlari ko‘rib chiqilguniga qadar harbiylar hibsga tutilishiga qaror qildi.