Ekvador va Venesuela delegatsiyasi BMT Bosh Assambleyasi zalini Braziliya prezidenti Mishel Temer chiqishidan avval tark etdi. Bu haqda 20-sentabr, seshanba kuni Globo telekanali ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Xabar berishlaricha, ular davlat rahbari lavozimidan iste’foga chiqarilgan Braziliya sobiq prezidenti — Dilma Russefning impichmentiga norozilik sifatida zalni tark etgan.
Avvalroq Lotin Amerikasining bir qator davlatlari Braziliya sobiq prezidentini qo‘llab-quvvatlashini bildirib, Janubiy Amerikaning eng yirik mamlakatidagi hokimiyat almashinuvi jarayonini keskin tanqid qilgan edi.
Xususan, Venesuela Braziliya bilan munosabatlarini to‘liq muzlatib qo‘yish niyatida ekanini ma’lum qilgan, Ekvador esa Braziliyadagi muvaqqat ishonchli vakilini chaqirib olgan edi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)