AQSh milliy xavfsizlik agentligining sobiq xodimi Edvard Snouden haqidagi film birinchi dam olish kunlari AQShdagi namoyishlarda 8 million dollar to‘pladi. Bu rejissor Oliver Stounning biryo‘la 2 ming kinoteatrda namoyish etilgan loyihalari orasida eng past ko‘rsatkich bo‘ldi, deb xabar beradi The Hollywood Reporter.
Bosh rolni Jozef Gordon-Levitt ijro etgan “Snouden”ning jahon premyerasi 9-sentabr kuni Torontodagi kinofestivalda bo‘lib o‘tdi. AQShda film 16-sentabr kuni prokatga chiqarildi. Shu davr ichida u hatto tanqidchilar keltirgan 10 million dollarlik ko‘rsatkichga ham yeta olmadi.
Film budjeti 40 million dollarni tashkil etdi.
Izoh (0)