AQSh politsiyasi Nyu-York shahri va Nyu-Jersi shtatidagi portlashlarga aloqadorlikda gumon qilingan shaxsni hibsga oldi. Bu haqda “Vedomosti” xabar bermoqda.
28 yoshli Ahmad Xon Rahamiy Nyu-Jersi shtatining Linden shahrida, politsiya bilan otishmadan so‘ng hibsga olindi. Avvalroq Nyu-York politsiyasi portlashga aloqadorlikda gumonlanuvchi 5 kishini hibsga olgani haqida xabar berilgan edi.
17-sentabr, shanba kuni Manxettenning g‘arbiy qismida portlash yuz berdi. Hodisa oqibatida 29 kishi jabrlandi.
Bir kun o‘tib Nyu-Jersi shtatining Elizabet shahrida paket ichida qo‘lbola portlovchi qurilma aniqlandi. Robot-sapyorning portlovchi qurilmani zararsizlantirishga urinishi vaqtida qo‘lbola bomba portlab ketdi.
Tergovning taxmin qilishicha, Nyu-York va Nyu-Jersidagi portlashlar bir-biriga o‘zaro bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)