Germaniya havaskorlar futbol ligasining 25 yoshli darvozaboni Marko Kviotek politsiya tomonidan hibsga olindi, deb xabar berdi “ISport”.
Qayd etilishicha, hibsdan besh kun oldin uning jamoasi “PSV Oberxauzen” klubidan 0:43 hisobida yengilgan va gollarning barchasini Marko Kviotek o‘tkazib yuborgan.
Mashg‘ulotlarning birida darvozabon o‘zi qo‘riqlayotgan darvozaning yonginasida hibs etildi. U politsiya mashinasi tomon yo‘nalayotganida “Ular shunchaki bir-ikki masalaga oydinlik kiritib olishmoqchi”, deb jamoadoshlariga murojaat qilgan.
Darvozabonning hibsga olinishi yuzasidan politsiya hech qanday izoh bermagan. Uni qo‘llab-quvvatlab esa muxlislar o‘sha kunning o‘zida yuzlab sms xabarnomalar jo‘natgan.
Marko harakat qiladigan “Vonderort” klubi bosh murabbiyi Ivon Lisenfeld jumladan shunday dedi: “Biz hech narsani bilmaymiz. Politsiyada bizga hech narsa ma’lum qilinmadi. Oldin Marko 43 ta gol o‘tkazib yubordi, keyin esa uni qamoqqa olishdi”.
Jamoa direktori esa Markoning kelasi o‘yinga qadar mashg‘ulotga qaytishiga umid bildirgan.
Izoh (0)