AQSh Aleppoda BMTning ijtimoiy konvoyi o‘qqa tutilishi tufayli Rossiya bilan Suriya bo‘yicha hamkorlik masalasidagi munosabatlarini qaytadan ko‘rib chiqish niyatida. Bu haqda AQSh Davlat departamenti vakili Jon Kirbining bayonotiga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.
“AQSh Rossiya bilan muzokaralar chog‘ida mazkur masalasini o‘rtaga qo‘yadi. O‘t ochishni to‘xtatish tartibi qo‘pol ravishda buzilayotganini hisobga olib, Rossiya bilan hamkorlik istiqbolini qayta ko‘rib chiqamiz”, — dedi u.
Avvalroq Suriyaning Aleppo viloyatiga yuborilgan BMT ijtimoiy konvoyi hujumga uchraganligi haqida ma’lum qilingan edi. BMT matbuot kotibi Stefan Duyarichning so‘zlariga qaraganda, konvoy 31 ta avtomobildan iborat bo‘lib, uning 18 tasi o‘qqa tutilgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.