Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarning “Tinchlik missiyasi — 2016” xalqaro aksilterror o‘quv mashg‘ulotlari doirasida Rossiyaning G‘arbiy Sibirdagi aviabazasidan havoga ko‘tarilgan “Tu-22M3” bombardimonchi samolyotlari Qirg‘iziston tog‘ poligonidagi nishonlarga zarba berdi. Bu haqda “TASS” agentligi xabar bermoqda.
“Tu-22M3” bombardimonchi samolyotlari Qirg‘iziston poligonida razvedka tomonidan aniqlangan shartli noqonuniy qurollangan tuzilmalarning marralari bo‘ylab 250 kilogrammli bombalar bilan zarba berdi.
Qirg‘izistonning Issiqko‘l viloyatida o‘tkazilayotgan “Tinchlik missiyasi — 2016” harbiy o‘quv mashg‘ulotlari 21-sentabrga qadar davom etadi.
Mashg‘ulotlarda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, Rossiya va Tojikiston qurolli kuchlari bo‘linmalari ishtirok etmoqda.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)