Nyu-York shahri hokimiyati megapolis markazida uyushtirilgan portlashga aloqadorlikda gumon qilinayotgan shaxs haqidagi ma’lumotlarni oshkor etdi. “TASS”ga ko‘ra, bu 28 yoshli AQSh fuqarosi Ahmad Xon Rahamiydir.
Erkak qidiruvga berildi. Bu boradagi axborot politsiya boshqarmasining Twitter’dagi rasmiy mikroblogida e’lon qilindi.
Politsiya, shuningdek, uning fotosuratlarini tarqatdi.
FQBdagi ma’lumotlarga qaraganda, Rahamiy kelib chiqishiga ko‘ra afg‘onistonlikdir. U 1988-yil 23-yanvarida tug‘ilgan bo‘lib, keyinchalik AQShga ko‘chib kelgan va ayni paytda Nyu-Jersi shtatidagi Elizabet shahrida istiqomat qiladi.
Shahar meri Bill De Blazioning ta’kidlashicha, jinoyatchi qurollangan va o‘ta xavflidir.
“Biz bu yigitni zudlik bilan ushlashimiz lozim. Tajribamga suyanib aytsam, FQB kimnidir qidirsa, albatta topadi”, — qo‘shimcha qildi shahar rahbari.
Izoh (0)