Rossiyalik milliarder Alisher Usmonovga tegishli 110 metrli “Ona” yaxtasi sotilmoqda. Bu haqda Yacht Harbour’ga tayangan holda “RBK” xabar bermoqda.
Yaxtada 20 mehmon va 47 kishilik ekipaj joylashishi mumkin. Kema 21 uzel tezlikda harakatlanishi mumkin. Bundan tashqari, uning bortida hovuz va vertolyot maydoni bor. 2008-yili qurilgan yaxtaning narxi oshkor etilmayapti. 2013-yilda Forbes yaxta bozoridagi manbalariga tayangan holda uning narxi 200 million dollarni tashkil etishi mumkinligini yozgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Usmonov kattaroq yaxtaga — 156 metrli “Dilbar”ga ega bo‘lganidan so‘ng “Ona” ni sotuvga qo‘ydi. Ilgari “Dilbar” nomi 110 metrli yaxtaga tegishli edi, keyinchalik uning nomi “Ona” deb o‘zgartirildi. Hozirgi “Dilbar” dunyodagi eng katta yaxta hisoblanadi.
Izoh (0)