Kolumiyada davom etayotgan futzal bo‘yicha JCh—2016 ning “B” guruhida ham 3-tur bellashuvlari o‘z yakuniga yetdi. Avvalroq O‘zbekiston termasi joy olgan “A” guruhi uchrashuvlariga yakun yasalgandi.
“B” zonasining 3-turiga kelib rossiyalik futzalchilar Kuba ustidan 7:1 hisobida zafar quchdi. Ruslar birinchi turda Tailandni 6:4 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsa, 2-turda Misr ustidan 6:1 hisobida ustun kelgandi. Bu natijalar Rossiya futzal termasini guruh peshqadamiga aylantirdi.
2-turda Kubani 8:5 hisobida mag‘lub etib, 3-tur oldidan imkoniyatlarini to‘la saqlab qolgan Tailand termasi, so‘nggi turda Misrdan ustun keldi — 2:1. Shu tariqa Osiyo Chempionatining yarim finalida O‘zbekiston bilan 2:2 hisobida durang o‘ynab, penaltilar seriyasida yengilgan taylar nimchorak finalga 6 ochko bilan yo‘llanma oldi.
Jahon Chempionati—2016 “B” guruhi. 3-tur 17-sentabr, shanba
Rossiya — Kuba 7:1Misr — Tailand 1:2
Izoh (0)