Belgiyada evtanaziya to‘g‘risidagi qonun birinchi marta voyaga yetmagan shaxsga nisbatan qo‘llandi. Bu haqda, Het Nieuwsblad nashriga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Voyaga yetmaganlarni evtanaziya qilish 2014-yil boshida qonuniylashtirildi, lekin shu paytgacha bu me’yor hali qo‘llanmagan edi.
“Baxtimizga bunday imkoniyatni ko‘rib chiqayotgan bolalar kam, lekin biz ularni munosib o‘lim topish huquqidan mahrum qilmasligimiz lozim”, — dedi evtanaziyani nazorat qilish va baholash bo‘yicha federal komissiya raisi Vim Distelmans.
Nashrning bildirishicha, gap davosiz kasallikning oxirgi bosqichidagi o‘smir haqida ketmoqda. Professor Distelmans bu holatda boshqa yo‘l yo‘qligini tan oldi.
Bola necha yoshda bo‘lgani xabar qilinmayapti.
Izoh (0)