15–16-sentabr kunlari Vilnyus shahrida O‘zbekiston va Litva o‘rtasidagi munosabatlarning shartnomaviy-huquqiy asosini inventarizatsiya qilish bo‘yicha vazirliklararo maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Litva Tashqi ishlar vazirligi delegatsiyasiga Huquq va xalqaro shartnomalar departamenti direktori vazifasini bajaruvchi Ridas Petkus boshchilik qildi.
Maslahatlashuvlar davomida ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikning hozirgi holati o‘zaro munosabatlarning huquqiy asosi nuqtai nazaridan muhokama qilindi va turli sohalarda O‘zbekiston–Litva aloqalarini yanada rivojlantirishga yo‘naltirilgan hamda hozirda ko‘rib chiqilayotgan hujjatlar loyihalari yuzasidan fikr almashildi.
Muzokaralar mobaynida ikki mamlakat tashqi siyosat idoralari huquq xizmatlarining faoliyatlari to‘g‘risida ma’lumot almashildi.
Izoh (0)