Checheniston rahbarligini vaqtincha bajaruvchi Ramzan Qodirov xalqqa ishonmaganida, saylovda ishtirok etmagan bo‘lardi. Bu haqda u Grozniyda o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.
“Meni saylashadimi, yo‘qmi, bundan qat’iy nazar Qodirov bo‘lib qolaman. Har qanday holatda ham saylovlar muvaffaqiyatli o‘tishiga ishonaman. Men xalqimga ishonaman, xalq esa Qodirovga ishonadi. O‘z xalqimga ishonmaganimda, bu saylovlarda ishtirok etmasdim”, — dedi u.
Checheniston rahbarligiga saylov 18-sentabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)