Rossiyaning Omsk shahrida “VAZ-2101” avtomobili yo‘lovchisi mashinaga benzin quyilayotgan vaqtda benzobakka o‘t qo‘yib, yoqilg‘i quyish shoxobchasida kichik yong‘in keltirib chiqardi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.
Voqea 14-sentabr kuni tunda sodir bo‘ldi. “Toplayn” yoqilg‘i quyish shoxobchasida “VAZ-2101” yo‘lovchisi o‘t oldirgich (zajigalka)ni mashina benzobaki yaqiniga olib kelsa nima bo‘lishini tekshirib ko‘rmoqchi bo‘ldi. Shundan so‘ng kichik portlash yuz berdi.
Xabarda qayd etilishicha, hodisa oqibatida hech kim jiddiy jarohat olmagan. Yong‘in esa tezda bartaraf etildi.
Izoh (0)