UEFA saytida o‘tkazilgan ovoz berish yakunlariga ko‘ra “Barselona” hujumchisi Lionel Messi Yevropa Chempionlar ligasi birinchi turining eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
13-sentabr kuni “Barselona” o‘z maydonida “Seltik”ni 7:0 hisobida mag‘lub etdi. O‘yinda Messi xet-trik va golli uzatma muallifiga aylandi.
Ishqibozlar uning xatti-harakatlarini munosib baholadi, buning natijasida argentinalik futbolchi saytda 38 foiz ovoz to‘pladi.
Ikkinchi o‘rinni 27 foiz ovoz bilan “Bavariya” yarim himoyachisi Joshua Kimmix qayd etdi. U “Rostov” darvozasiga ikkita to‘p yo‘llagan edi (5:0).
Uchlikka 15 foiz ovoz bilan “Lester” yarim himoyachisi Riyod Marez yakun yasadi — u ham “Bryugge”ga qarshi kechgan bahsda (3:0) dubl muallifiga aylangan edi.
Izoh (0)