“Barselona” klubi va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messining akasi Matias sud oldida javob berdi, deb xabar bermoqda “Chempionat”.
34 yoshli Matias Messining sud oldida javob berishiga uning noqonuniy ravishda o‘qotar qurol saqlagani sabab bo‘ldi. Biroq sudya sud ishini davom ettirmaslikka qaror qildi. Buning evaziga Matias bir yil davomida Rosario shahridagi havaskor futbol klublarida haftasiga 4 soatdan futbol saboqlarini berishi kerak bo‘ladi.
Bundan tashqari, Matias Messi giyohvand moddalar va alkogoldan o‘zini tiyishi, shaharni tark etmasligi va 524 dollar miqdorida jarima to‘lashi lozim bo‘ladi.
Izoh (0)