Hindiston g‘arbidagi Vadodara shahri yaqinida yo‘lovchi avtobusi va yuk mashinasining to‘qnashuvi oqibatida kamida olti kishi halok bo‘ldi, 20 dan ortiq odam og‘ir shikastlandi. Bu haqda hodisa yuzasidan surishtiruv olib borayotgan Gujarot shtati politsiyasi ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Huquq-tartibot organlarining ma’lum qilishicha, erta tongda davlat kompaniyasining yo‘lovchi avtobusi katta tezlikda yo‘l chetida to‘xtatib qo‘yilgan yuk mashinasiga urilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, avtobus haydovchisi rulda uxlab qolgan.
To‘qnashuv oqibatida to‘rt kishi voqea joyida, yana ikki kishi shifoxona yo‘lida halok bo‘lgan. Shifoxonaga yotqizilgan 20 dan ortiq yo‘lovchidan besh nafarining ahvoli juda og‘ir. Shifokorlar ularning hayoti uchun kurashmoqda.
Haydovchi va uning yordamchisi tirik qolgan va hodisa joyidan qochib ketgan. Ularga nisbatan qidiruv e’lon qilingan.
Izoh (0)