Tennisning Jahon Kubogida ishtirok etish uchun kurash olib borayotgan O‘zbekiston terma jamoasi pley-off doirasida Shveysariyaga qarshi kurashni boshladi.
To‘qnashuvning birinchi kunida 1:1 hisobi qayd etildi. O‘zbekistonning birinchi raketkasi Istomin raqibini mag‘lub etgan bo‘lsa, Sanjar Fayziyev Toshkentga yetib kelgan mehmon tennischilarning eng yaxshisidan yengildi.
Istomin jahon reytingida 507-o‘rinni egallab turgan Entoni Belyerni 6:3, 6:2, 6:4 hisobida mag‘lub etishga muvaffaq bo‘ldi.
O‘zbekistonlik Sanjar Fayziyev esa dunyo reytingida 138-bo‘lib turgan 25 yoshli Xenri Laksonenga har uchala setda ham bir xil — 2:6 hisoblarida imkoniyatni boy berdi.
Ertaga — 17-sentabr kuni O‘zbekiston — Shveysariya o‘yinining juftlik bellashuvlari bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)