Braziliyalik aktyor Domingos Montaner “Qariya Shiku” telenovellasini suratga olish jarayonida syomkalar orasida cho‘milayotib cho‘kib ketdi. Bu haqda, CNN’ga asoslanib, “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Aytilishicha, cho‘milish paytida Montaner kuchli oqimga tushib qolib, cho‘ka boshlagan va yordamga chaqirgan. Ammo voqea guvohlari bu film sahnalaridan biri deb o‘ylab, uni qutqarib olmagan.
Buning oqibatida erkakni suv oqizib ketgan va uning tanasi Xingo elektr stansiyasiga yaqin hududdan, 30 metr chuqurdan topilgan.
Aktyor 54 yoshda edi.
Izoh (0)