Rio–2016 Paralimpiya o‘yinlarining yettinchi kunida suzish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari mamlakat delegatsiyasiga uchta medal olib keldi.
“Sports.uz”ning xabar berishicha, ayollar o‘rtasida 50 metrga erkin usulda suzish bahslarining final bosqichida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilardan Muslima Odilova va Shohsanamxon Toshpo‘latova mos ravishda kumush va bronza medallariga sazovor bo‘ldi.
Suzish bo‘yicha turli yo‘nalishlarda Rio—2016 Paralimpiadasining barcha turdagi medallariga ega chiqqan Fotimaxon Amilova bu safar sovrindorlar qatoridan joy ola bilmadi.
Erkaklar o‘rtasida 50 metrga erkin usulda suzish bahslarida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Muzaffar Tursunxo‘jayev 24,21 soniyalik natija bilan marraga uchinchi bo‘lib yetib keldi va Paralimpiya o‘yinlarining bronza medalini qo‘lga kiritdi. Ushbu bosqichda ishtirok etgan yana bir o‘zbekistonlik suzuvchi Kirill Pankov yakuniy bosqichda yettinchi o‘rinni band etdi.
Izoh (0)