JARning Keyptaun shahrida 41 yoshli Siraax Abraxamga qarata 2 metr masofadan o‘q uzildi, ammo uni cho‘ntagidagi smartfon o‘limdan qutqarib qoldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Aytilishicha, Abraxam talonchilar to‘dasi qurboniga aylanishi mumkin edi. Ular erkakni avtoturargohdagi avtomobildan chiqarib olmoqchi bo‘lganida mushtlashuv kelib chiqdi. Hujum qilganlardan biri erkakning ko‘ksiga qarata o‘q uzdi.
O‘q zarbasi tufayli erkakning yuragi bir necha sekundga to‘xtab qoldi. Ammo Abraxamning cho‘ntagidagi Huawei P8 Lite smartfonni asosiy zarbani o‘ziga qabul qilib oldi, shu bois erkak omon qoldi.
Abraxamni qizi topib oldi. Hozir unga shifoxonada yordam ko‘rsatilmoqda.
Jurnalistlar gadjet, metall karkasi yo‘qligiga qaramay, o‘qni to‘xtata olganiga hayron qolmoqda.
Izoh (0)