O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Sardor Rashidov to‘p suradigan Qatarning “Al-Jaish” klubi Osiyo Chempionlar Ligasining yarim finalida yo‘llanma oldi.
Chorak finalning javob o‘yinini BAAda “An-Nasr”ga qarshi o‘tkazgan qatarliklar Romarinyoning 9-daqiqada urgan yagona evaziga muvaffaqiyat qozondi.
Dohada bo‘lib o‘tgan birinchi o‘yinda Amirlik klubi 3:0 hisobida zafar quchgan bo‘lsa-da, legioner futbolchilar limitidan noto‘g‘ri foydalangani uchun keyinroq “Al-Jaish”ga 3:0 hisobidagi texnik g‘alaba yozib berilgandi.
Sardor Rashidov Chempionlar Ligasida o‘z yurishini davom ettirayotgan yagona o‘zbekistonlik futbolchi bo‘lib qoldi. Toshkentning “Lokomotiv” klubi musobaqadagi yurishiga chorak finalda yakun yasagan bo‘lsa, “Paxtakor”, “Bunyodkor” va “Nasaf” guruh bosqichidan o‘ta olmagandi.
Ma’lumot uchun, Sardor Rashidov to‘p surayotgan jamoa Chempionlar Ligasining yarim finaliga ikkinchi bor yetib keldi. Bunga qadar u Toshkentning “Bunyodkor” klubi safida 2012-yil yarim finalga qadar yetib borgandi.
“Al-Jaish” 2016-yilgi mavsum finalida to‘p surish uchun BAAning “Al-Ayn” klubiga qarshi saf tortadi.
Izoh (0)