Xalqaro paralimpiya qo‘mitasi (XPQ) antidoping qoidalarini buzganligi uchun argentinalik dzyudochi Xorxe Lensinaning Rio–2016 Paralimpiya o‘yinlarida qayd etgan natijasini bekor qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Argentinalik dzyudochi -90 kilogramm vazn toifasida ishtirok etib, yettinchi o‘rinni egallagan edi. Argentinalik sportchidan 8-sentabr kuni olingan doping namunasi klomifen moddasiga ijobiy chiqdi. Natijada u akkreditatsiyadan mahrum qilinib, olimpiya shaharchasini tark etdi.
Lensina vaqtincha barcha musobaqalardan chetlatildi. Uning ishi kelgusi surishtiruv uchun Ko‘zi ojiz sportchilar xalqaro assotsiatsiyasi va Paradzyudo xalqaro federatsiyasiga topshirildi.
Izoh (0)