AQSh prezidentligiga Demokratlardan nomzod Hillari Klinton Tom Joynerning ertalabki radioeshittirishida o‘z sog‘lig‘i haqida ko‘proq ma’lumot chop etishini ma’lum qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Doktorning ko‘rsatmasiga amal qilib, bir necha kunlik ta’til olganimdan rostanam xursandman. Ko‘plar shunday qiladi”, — ma’lum qildi siyosatchi.
“Biz taqdim etgan va yana chop etishni rejalashtirayotgan tibbiy axborot boshqa nomzodlar va prezidentlar amal qilgan standartlarni ko‘taradi”, — qo‘shimcha qildi u.
Eslatib o‘tamiz, Hillari Klinton 11-sentabr teraktlariga bag‘ishlangan motam marosimida o‘zini noxush his etdi va Kaliforniya hamda Nevadaga saylovoldi safarlarini bekor qildi.
Keyinroq Klintonning shtabi jamoatchilikka uning salomatligi haqida xabar bermaslik qarori noto‘g‘ri bo‘lganini tan oldi.
Izoh (0)