AQSh Federal qidiruv byurosi direktori Jeyms Komey internet foydalanuvchilariga kompyuterlar, noutbuklar va boshqa uskunalarning veb-kameralarini bekitib qo‘yishni maslahat berdi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Engadget portalining ma’lum qilishicha, bu haqda u Strategik va xalqaro tadqiqotlar markazida o‘tkazilgan matbuot anjumanida bayonot berdi.
Komeyning tan olishicha, boshqalar uning veb-kamerani bekitib qo‘yish odatidan kuladi, lekin, shunga qaramay, u boshqalarga ham shuni maslahat berdi. Direktor buni mashina yoki uy eshigini qulflashga qiyosladi.
“Ma’lum aqlli narsalar bor, bu shulardan biridir. Agar siz davlat muassasasiga borsangiz, barcha monitorlarda veb-kamerani yopadigan kichik qopqoq bor. Bu odamlar ruxsatsiz sizga qaray olmasligi uchun qilinadi”, — dedi u.
Izoh (0)