235 ming kishi imkon bo‘ldi deguncha O‘rta Yer dengizi orqali Liviyadan Italiyaga yo‘l olishga tayyor. Bu haqda BMTning Liviyadagi maxsus vakili Martin Kobler La Stampa gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Interfaks”.
“Bizning ro‘yxatlarimizda 235 ming muhojir bor, ular birinchi imkoniyat tug‘ilishi bilanoq Italiyaga borishga tayyor, va ular tez orada buni amalga oshiradi”, — dedi Kobler.
Italiyaga yil boshidan buyon dengiz yo‘li orqali 128 ming muhojir keldi.
Izoh (0)