AQSh rasmiylari shifoxonalardan birida noto‘g‘ri narkoz berilishi oqibatida halok bo‘lgan Gavayi shtatida yashovchi fuqaroning oilasiga 4,2 million dollar tovon puli to‘laydi. Bu haqda 14-sentabr, chorshanba kuni Associated Press agentligi ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
32 yoshli Antonio Marrero Gonolulu okrugidagi shifoxonaning tez yordam bo‘limiga tomog‘idagi og‘riqdan shikoyat qilib murojaat qilgan. Uni ko‘zdan kechirgan shifokor bemorda angina borligini taxmin qilgan va tegishli mutaxassisga yo‘llanma bergan. Biroq bundan avval Marreroning tomog‘ini yana bir marta ko‘zdan kechirishga qaror qilgan shifokor unga mahalliy narkoz bergan, biroq uning miqdorida xatolikka yo‘l qo‘ygan. Oqibatda bemor hushini yo‘qotgan va olamdan o‘tgan.
Halok bo‘lgan bemorning oilasi Amerika rasmiylariga qarshi da’vo kiritgan. Da’vogarlarning ta’kidlashicha, shifokor anesteziolog bo‘lmaganligi uchun Marreroga narkoz berishga haqqi bo‘lmagan.
Natijada talabnoma sudgacha tartibda hal etildi. Rasmiylar tovon puli tariqasida belgilangan summani to‘lash, oila esa da’voni qaytarib olish majburiyatini zimmasiga oldi.
Gonolulu okrugi shifoxonasi, o‘z navbatida, Marreroning oilasidan uzr so‘radi.
Izoh (0)